Denovda dahshatli avariya bo‘ldi. 1 kishi vafot etdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Denov shahrida dahshatli avariya sodir bo‘lgani, hodisa oqibatida 3 kishi vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 27 avgust kuni soat 10:05 larda Denov tumani “Qaytmas” MFY hududidan o‘tuvchi 75 V 008 avtomobil yo‘lining 24-kilometrida 2006 yilda tug‘ilgan shaxs Nexia rusumli transport vositasini boshqarib kelib, ehtiyotsizlik va tajribasizligi sababli oldinda ketayotgan avtomashinani quvib o‘tgan va yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagiga chiqqan. Oqibatda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Lacetti rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan. 

Yo‘l-transport hodisasi ortidan jarohatlanganlar tibbiyot muassasalariga yetkazilgan. Lacetti haydovchisi olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, YTHga sabab bo‘lgan Nexia boshqaruvchisi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan.

“Hamyurtlarimizdan yetarlicha malakaga ega bo‘lmay transport vositasini boshqarmasliklarini, haydovchilardan esa yo‘llarda tezlikni oshirmasliklari hamda qoidalarga qat’iy amal qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qamchiq” dovonida sodir bo‘lgan ikkita yo‘l-transport hodisasi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

avariya Denov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing