Denis Istomin tennischilar reytingida kuchli 100 talikka kirdi

Sport

image

Bugun, 25 fevral kuni Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP – Association of Tennis Professionals) yangi reytingni e’lon qildi. 

Reytingda birinchi o‘rinni serbiyalik tennischi Novak Jokovich egalladi. U 10 955 ochko to‘plab, ro‘yxatda yetakchilik qilyapti. Undan keyin 8320 ochko to‘plagan ispaniyalik raketka ustasi Rafael Nadal va 6475 ochko to‘plagan germaniyalik Aleksandr Zverev joy olgan.

Reytingda O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin 562 ochko to‘plagan holda ikki pog‘ona yuqorilab reytingning 100-o‘rnidan joy oldi.


Maqola muallifi

Teglar

tennis reyting Denis Istomin

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing