Dengiz to‘lqini olib ketgan ayol uch kundan keyin o‘lik holda topildi (video)
Olam
−
22 iyun
15834Rossiyada kuchli bo‘ron sababli dengizda cho‘kib ketgan 20 yoshli ayolning jasadi uch kundan so‘ng topildi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy Telegram-kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, 16 iyun kuni ayol Qora dengiz bo‘yida yigit hamrohi bilan cho‘milayotganda kuchli dengiz to‘lqini sabab suvga g‘arq bo‘lgan. Voqea sodir bo‘lgandan uch kun o‘tib, qutqaruvchilar qizning jasadini Sochidagi suv omboridan topgan.
Nashrga ko‘ra, jasad “Rivera” plyajiga dam olgani kelgan sayyohniki ekani aniqlangan.
“Singlimni qutqarib qolish mumkin edi. Voqea sodir bo‘lgan paytda yaqin atrofda ko‘plab guvohlar bo‘lgan, ammo ular yordam bermadi. U bilan birga bo‘lgan yigit darhol qutqaruvchilarga yugurdi”, deydi marhumning yaqini.
LiveBarchasi