Dengiz piyoda qo‘shinlari eng kuchli davlatlar e’lon qilindi

Bu qiziq

image

Amerikaning “The National Interest” nashri eng kuchli dengiz piyoda qo‘shinlariga ega yetakchi beshta davlatni ma’lum qildi. Bular: AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya, Janubiy Koreya va Xitoy.

Reytingda AQSHning Dengiz piyoda qo‘shinlari korpusi (DPQK) birinchilikni egalladi. Ushbu korpus qolgan davlatlar dengiz piyoda qo‘shinlariga nisbatan harbiylari soni bo‘yicha ustunlikka ega. 2017 yil ma’lumotlariga ko‘ra, korpusda 186 mingga yaqin kishi xizmat qiladi va zaxira harbiylari soni 38 mingga yaqin.

Ikkinchi o‘rinni Rossiyaning dengiz piyoda qo‘shinlari egallagan. Qayd etilishicha, Rossiyada ushbu qo‘shin AQSH dengiz piyoda qo‘shinlari korpusi kabi vazifani bajaradi, ya’ni desant operatsiyalariga ixtisoslashgan kuchlar hisoblanadi. Rossiya dengiz piyoda qo‘shinlari yaxshi jangovar tayyorgarlikka ega.

Uchinchi o‘rinni Buyuk Britaniyaning Qirollik dengiz piyoda qo‘shini egalladi. Nashrning qayd etishicha, Britaniya qurolli kuchlarining ushbu qismi o‘zidan yengil piyoda qo‘shin deb hisoblab, doimo jangovar shay holatda turadi. Qirollik dengiz piyoda qo‘shini harbiylari soni 7 mingga yaqin.

To‘rtinchi o‘ringa Janubiy Koreya dengiz piyoda qo‘shinlari loyiq ko‘rildi. Unda 2018 yil ma’lumotiga ko‘ra 29 mingga yaqin harbiy xizmat qiladi va janubiy Koreya uchun yetarli darajada katta son hisoblanadi. Qo‘shin amerikalik mutaxassislar tomonidan o‘qitilib, AQSH Dengiz piyoda qo‘shinlari kabi vazifalarni bajaradi.

Kchli beshlikning so‘nggi o‘rnidan Xitoy dengiz piyoda qo‘shinlari joy oldi. Unda 30 mingga yaqin kishi xizmat qilib, harbiy kemalar va harbiy-dengiz bazalaridan harakatlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan. Biroq Xitoy dengiz piyoda qo‘shinlarida jangovar tajriba yo‘q. Xitoy armiyasi bu muammoni hal qilish uchun Rossiya harbiy-dengiz floti bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

armiya piyoda qo'shinlari National Interest

Baholaganlar

168

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing