Demokratlarning 84 foizi respublikachi Tramp tanlagan nomzodga qarshi

Olam

image
AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan Oliy sud sudyasi lavozimiga nomzodi ko‘rsatilgan Emi Koni Barrettni amerikaliklarning yarmidan ko‘pi qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda "Gallup" sotsiologik xizmati ma’lumotlariga asoslanib xabar berilgan. 
 
30 sentyabrdan 15 oktyabrgacha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 51 foiz respondent Barrett nomzodini ma’qullagan.
 
Qatnashganlarning 46 foizi Barrett nomzodiga qarshilik bildirgan. 3 foizi betaraf bo‘lgan.
 
Demokratlarning 84 foizi esa Barrett nomzodiga qarshi bo‘lib turibdi. Uning nomzodi bo‘yicha ovoz berish jarayoni joriy yilning 26 oktyabr kuni AQSH Senatida bo‘lib o‘tadi. 
 
Barrett – Viskonsin, Illinoys va Indiana shtatlari bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqadigan AQSH Apellyatsiya sudining yettinchi okrugi sudyasi. U o‘zining konservativ qarashlari bilan tanilgan. Diniga ko‘ra, Barrett – katolik. U 48 yoshda. Agar nomzodi tasdiqlansa, AQSH Oliy sudi hozirgi tarkibining eng yosh a’zosi bo‘ladi.
 
Ma’lumot uchun, AQSH Prezidenti Donald Tramp 29 sentyabr kuni rasman Emi Koni Barrett nomzodini AQSH Oliy sudi sudyasi lavozimiga ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilganini e’lon qilgandi. 
 
Lavozimning avvalgi egasi 87 yoshli Rut Beyder Ginzburg 18 sentyabr kuni vafot etgandi. Keksa sudyaning o‘limiga saraton kasalligi sabab bo‘lgan.

Maqola muallifi

Teglar

Emi Koni Barrett

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar