Demokratlar Tramp Epshteynga yuborgan “otkritka”ni e’lon qildi
Olam
−
09 Sentabr 5037 2 daqiqa
Kecha, 8 sentyabr kuni AQSH Kongressi Vakillar palatasidagi "Demokratlar" partiyasi a’zolari AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan imzolangan va moliyachi Jeffri Epshteynga 20 yildan ko‘proq vaqt oldin yuborilgani da’vo qilingan tabriknoma suratini chop etdi.
“Trampdan Jeffri Epshteynga tug‘ilgan kuni munosabati bilan yuborilgan xatni topdik, Prezidentning aytishicha, u yo‘q edi. Tramp ikkalasining “ajoyib siri” borligini yozadi. U nimani yashirmoqda? (Epshteyn ishi bo‘yicha) Hujjatlarni oshkor qiling”, deyiladi demokratlarning postida.
Vakillar palatasining Nazorat va hukumat islohoti qo‘mitasi a’zolari bo‘lgan demokratlar X ijtimoiy tarmog‘ida "otkritka" e’lon qilingani haqida fikr bildirdi. Pochta kartochkasida yalang‘och ayol tanasining sxematik silueti tasvirlangan bo‘lib, uning ustida “Jeffri” va “Donald” o‘rtasidagi dialog bosilgan.
Xat: “Tug‘ilgan kuningiz bilan va har kuni yangi ajoyib sir bo‘lsin”, degan jumla bilan tugaydi.
“The Wall Street Journal”ning xabar qilishicha, 8 sentyabr kuni Epshteynning mulkini boshqarayotgan advokatlar qo‘mitaga uning 2003 yildagi 50 yoshga to‘lgan tug‘ilgan kuni albomi nusxasini, jumladan, Tramp imzolagan kartani bergan.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt WSJ nashrini, shuningdek, “tug‘ilgan kun haqidagi karta hikoyasini” yolg‘on deb atadi.
“Men aytganimdek, bu aniq: Prezident Tramp bu rasmni chizmagan yoki imzolamagan”, deb yozadi u X'da.
Livittning qo‘shimcha qilishicha, Trampning huquqshunoslar jamoasi sud ishlarini davom ettiradi.
Oq uy apparati rahbari o‘rinbosari Teylor Budovich X'dagi sahifasiga Prezident imzosining bir nechta namunalarini joylashtirdi va kartadagi imzo soxta ekanini yozib, WSJ'ni tuhmatda aybladi.
Iyul oyida “The Wall Street Journal” birinchi marta "otkritka" borligi haqida xabar berganida Donald Tramp buni yolg‘on deb atagan va u bunday hech narsa yozmaganini aytgan. AQSH Prezidenti gazeta va uning egasi, mediamagnat Rupert Merdok ustidan sudga murojaat qildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr