Demokratiya qamal ostida. Yevropa AQSHdagi tartibsizliklardan hayratda qoldi

Olam

image

NATO, Yevropa Ittifoqi va AQSHning Yevropadagi asosiy ittifoqchilari Kapitoliyga qilingan hujumdan vahima qilmoqda va G‘arb demokratiyasining obro‘siga etkazilgan zarardan xavotirda. G‘arb bloklari va ularga a’zo davlatlar rahbarlarining bayonotlari shundan dalolat beradi.

Kecha, 6 yanvar kuni AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning tarafdorlari Kongress binosiga bostirib kirdi, u yerda u Senat va Vakillar palatasining qo‘shma majlisida Tramp yutqazgan saylov natijalarini rasman tasdiqlash rejalashtirilgan edi. Qonun chiqaruvchilar evakuatsiya qilingan, tartibsizliklar paytida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, namoyishchilardan biri o‘ldirilgan.

Yevropa Ittifoqi AQSHga ishonishni xohlaydi

“Amerika demokratiyasi butun dunyo nazorati ostida qamalda qolmoqda. Bu AQSH demokratiyasiga, uning institutlariga va qonun ustuvorligiga qilingan hujumdir. Bu Amerika emas. 3 noyabrdagi saylov natijalariga hurmat bilan qarash kerak”, deydi Yevropa Ittifoqi Bosh dipllomati Jozep Borrel.

Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel ham Twitter’da “Qo‘shma Shtatlar hokimiyatni [saylangan Grezident] Jozef Baydenga tinch yo‘l bilan topshirishini kafolatlashi mumkin” degan ishonchni bildirdi. “AQSH Kongressi – demokratiya ma’badi. Vashingtondagi manzaralar – hayratlanarli”, deydi u.

Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Vashingtondagi voqealardan keyin ham AQSHda demokratiya kuchiga ishonishda davom etayotganini bildirdi.

“Men Qo‘shma Shtatlardagi hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirishga asoslangan institutlarning kuchi va demokratiyasiga ishonaman. Jozef Bayden saylovda g‘olib chiqdi. Men u bilan AQSHning keyingi Prezidenti sifatida ishlashni orziqib kutaman”, deydi u.

Yevropa parlamenti spikeri Devid Sassoli Kapitoliyda namoyish etilgan tartbsizliklardan qattiq hayratda qolganini aytdi. Demokratik saylovlarni hurmat qilish kerak, Qo‘shma Shtatlar demokratiya me’yorlarini himoya qilishni kafolatlashiga aminmiz, deya davom etdi u.

NATO reaksiyasi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, ilgari alyansning asosiy mamlakati bo‘lgan AQSHdagi ichki siyosiy voqealarni hech qachon sharhlamagan, u busafar ushbu so‘zsiz taqiqni birinchi marta buzdi.

“Vashingtondagi manzara odamni hayratga soladi. Demokratik saylovlar natijalariga hurmat bilan qarash kerak”, deydi u alyans Matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan lakonik bayonotda.

Jahon reaksiyasi

Belgiya Tashqi ishlar vaziri Sofi Vilmes AQSHdagi vaziyat haqida gapirdi. Uning bahosi eng batafsil bo‘lib chiqdi: 

“Biz Vashingtondagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqdamiz. Bu hayratlanarli manzara, ayniqsa, bu bizning demokratik ideallarimizga zarar keltiradi. Ushbu hodisalar AQSHning yangi loyihasi atrofida qayta birlashtirilishi kerak bo‘lgan saylangan Prezident Jozef Bayden vazifasining ulkan ko‘lamidan dalolat beradi. biz uning uddasidan chiqishiga ishonamiz”.

Turkiya rasmiylari o‘zlarining AQSH fuqarolariga “odamlar ko‘p bo‘lgan joylar va namoyish maydonlaridan uzoq turinglar”, deya maslahat bergan. 

“Biz AQSHda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyin sodir bo‘lgan voqealarni xavotir bilan kuzatmoqdamiz, bu bugun namoyishchilar Kongress binosini egallab olishga urinishga olib keldi. Biz barcha partiyalarni hushyorlik va aqlni ishlatishga chaqiramiz. Qo‘shma Shtatlar ushbu ichki siyosiy inqirozni engib o‘tishiga ishonamiz”, deyiladi TIV bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

AQShdagi to'polon

Baholaganlar

208

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing