Demokrat senatorlar Ilon Maskning ustidan shikoyat qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 17 noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressining 7 nafar demokrat senatori Federal Savdo Komissiyasi raisi Line Xanga milliarder Ilon Maskning Twitter bosh direktori sifatidagi faoliyatini tekshirishni so‘rab maktub yo‘llagan. Bu maktub Konnektikut shtatidan demokrat senator Richard Blumentalning saytida chop etilgan.

“Biz Twitter o‘z foydalanuvchilarining xavfsizligiga jiddiy va qasddan e’tibor bermasligi haqida yozyapmiz.  Federal Savdo Komissiyasini Twitter rozilik kelishuvi (foydalanuvchi maxfiyligini himoya qilish bo‘yicha Twitter'ning 2011 yilda Federal savdo komissiyasi bilan tuzgan shartnomasi)ning har qanday holatda buzilishini yoki iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha boshqa qoidabuzarliklarni tekshirishga chaqiramiz. Oxirgi bir necha hafta ichida Twitter'ning yangi bosh direktori Ilon Mask platformaning yaxlitligi va xavfsizligiga putur yetkazgan bir qancha tashvishli qarorlar qabul qildi”, deyiladi maktubda. 

Kongressmenlarning fikricha, Mask ogohlantirishlarga qaramay, “firibgarlik va xavfli tovlamachilik” uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan funksiyalarni joriy qilgan.

Senatorlar Mask kiritayotgan o‘zgarishlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini xavf ostiga qo‘yishi, shunindek, u Federal savdo kommissiyasi bilan kelishuv shartlarini bevosita buzishi mumkinligidan xavotirda.

Avvalroq, Twitter'da ishdan bo‘shatishning yangi to‘lqinlari boshlangani haqida xabar berilgan edi. Buning ortidan kompaniyaning ofislari vaqtinchalik yopilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask

Baholaganlar

76

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing