Dembele PSJda yubiley uchrashuvini o‘tkazdi

Sport

image

Kecha, 21 oktyabr kuni Usmon Dembele uzoq tanaffusdan so‘ng PSJning “Bayer Leverkuzen” ga qarshi uchrashuvida maydonga tushdi va jamoasining 6-goliga mualliflik qildi. Ushbu o‘yin Dembelening PSJ safidagi 100-uchrashuvi bo‘ldi. Bu haqda “L’Équipe” nashri xabar berdi.

Bu uchrashuv Dembele uchun ramziy ahamiyatga ega bo‘ldi. Usmon PSJ safida 100 ta o‘yinda 44 ta gol urib, 32 ta golli uzatma amalga oshirdi. O‘tgan mavsum futbolchi uchun eng sermahsul bo‘lib, u 53 o‘yinda 35 ta gol va 16 ta assist bilan “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan edi.

“Muxlislarimizning o‘z jamoasidan zavq olayotgani ko‘rish juda yoqimli. Usmonning maydonga qaytib, jamoasining golli hujumlarida ishtirok etayotganini ko‘rish esa yanada quvonchli. Bu biz uchun zavq bag‘ishlaydi”, dedi PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike.

Klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi o‘yin so‘ngida kiyim almashtirish xonasiga kirib, futbolchilarni tabrikladi va Dembelega PSJ safida 100-o‘yin o‘tkazgani munosabati bilan maxsus sovrin topshirdi.

“Jarohat olgan paytingizda, albatta, tezroq maydonga qaytishni xohlaysiz. Ammo men shoshilmadim to‘liq tiklanish uchun vaqt oldim. Hozir ham hali eng yaxshi holatimda emasman, biroq klub safida 100-uchrashuvimni Chempionlar ligasidagi gol bilan nishonlaganimdan juda xursandman. Endi shu sur’atni davom ettirishni istayman”, deydi Dembele.

Ma’lumot uchun, Dembele so‘nggi bor joriy yilning 30 avgust kuni “Tuluza”ga qarshi Liga 1 uchrashuvida maydonga tushgan edi. Shundan keyin mushaklardagi muammolar sababli u deyarli ikki oy o‘yinlardan o‘tkazib yubordi.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ Usmon Dembele Nosir Al-Xelayfi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing