Debatlar mamlakat siyosiy maydoniga faol xotin-qizlarni olib chiqmoqda

Jamiyat

image

Joriy yilning 5 oktyabr kuni partiya rahbarlari o‘rtasida o‘tkazilgan debatda ayollarning tengma-teng ishtirok etgani O‘zbekistonda gender tenglikka erishish bo‘yicha amalga oshirilgan choralarning amaliy ifodasi desa, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu haqda Inson ijtimoiy xizmatlar markazi Bolalarni ijtimoiy himoya qilish shu’basi bosh mutaxassisi Nozima Akbarova so‘z yuritadi.

Ma’lumki, rivojlangan davlatlarda ham ayollarning debatlarda ishtiroki hali hamon kam uchraydigan jarayon hisoblanadi. Mazkur jarayon jamiyat taraqqiyotining o‘ziga xos belgisi sifatida g‘arbda XIX–XX asrlarda paydo bo‘lganiga qaramasdan, hozirda ularning muntazam ishtiroki kuzatilmaydi. 

Bugungi kunda, O‘zbekistonda ayollarning debatlardagi ishtiroki  bu nafaqat gender tenglikni ta’minlashdagi muhim qadam, balki jamiyatdagi ijobiy o‘zgarishlarning yaqqol isbotidir. Ayollarning siyosiy debatlarda teng huquqli ishtirokchilar sifatida qatnashishi jamiyatdagi muammolarga kengroq, xolisona va har tomonlama yondashish imkonini beradi. 

Ayollar debatlarda qatnashish orqali nafaqat o‘zining intellektual salohiyatini, balki siyosiy jarayonlardagi faolliklarini ham namoyon etmoqda. 

Kuzatishlar, aynan ayollar tomonidan ko‘tarilayotgan tashabbuslar saylovchilarning xohish-irodasini ifoda etib, muammolarga yechim topishga qaratilganini ko‘rsatmoqda.

"O‘ylaymanki, ayollarning debatlarda muhim tashabbuslar bilan chiqishi, ularning dadilligi, shijoati mamlakatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi", deydi Nozima Akbarova.


Maqola muallifi

Teglar

saylov ayollar debat siyosiy partiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing