De Bryuyne Saudiyaga yo‘l olishi mumkin
Sport
−
05 iyun
2858“Manchester Siti” klubi futbolchisi Kevin De Bryuyne yozda Saudiya klublaridan biriga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, De Bryuyne yuqori maosh evaziga “Manchester Siti”ni tark etishi mumkinligini bildirgan.
“Mening yoshimda siz hamma narsaga ochiq munosabat bildirishingiz kerak. Saudiya shayxlari mening faoliyatimni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan aqlbovar qilmas pullar haqida gapirmoqda. Agar Saudiyada ikki yil o‘ynasam, ancha ko‘p pul ishlab olishim mumkin. Yevropada bu pullarni topish uchun yana 15 yil futbol o‘ynashim kerak bo‘ladi”, deydi De Bryuyne.
Ma’lumot uchun, Kevin De Bryuyne “shaharliklar” safiga 2015 yil kelib qo‘shilgan va hozirda klubdagi eng muhim futbolchilardan biri hisoblanadi. 33 yoshli o‘yinchi “Man Siti”da haftasiga 400 ming yevro maosh oladi va APLdagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar qatoriga kiradi.
Xabibulloh Rayimov
LiveBarchasi