Dehqonobodda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida Lada, Nexia va Damas ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dehqonobod tuman IIB, Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Bahrom Nazarovning ma’lum qilishicha, YTH kecha, 29 may kuni soat taxminan 15:30-16:00 sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, Nexia haydovchisi Yetimquduq qishlog‘iga olib boruvchi yo‘lga burilish uchun sekinlashgan, ammo chapga burilish chiroqlarini yoqmagani uchun orqadan kelayotgan LADA haydovchisi Nexia avtomobiliga urilgan. Zarbdan siljigan Nexia qarama-qarshi tomondan kelayotgan Damas’ga urilgan. Damas Nexia’ga urilib, ag‘nagan. Biroq, mazkur YTHdan hech kim jabrlanmagan. YTH ishtirokchilari yetkazilgan moddiy zararni qoplash borasida kelishuvga erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

192

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing