Dehqonobod tumaniga sel keldi
Jamiyat
−
20 may 2022
7131Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida odamlarning uyini sel bosgani haqida xabar va video tarqaldi. Viloyat FVB Matbuot xizmati holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Bildirilishicha, kecha, 19 may kuni soat taxminan soat 14:30-15:00 lar atrofida Dehqonobod tumani markazidan 45-50 km uzoqlikdagi tog‘li hududlarda qisqa muddatli yog‘ingarchilik kuzatilgan.
Yog‘ingarchilik oqibatida hosil bo‘lgan yomg‘ir suvlari, “Oqrabod” MFY Naymansoy qishlog‘i adirliklari yonbag‘rida joylashgan ayrim xonadonlarning tomorqalari va hovlilaridan oqib o‘tib “Katta pay” o‘rmon xo‘jaligi dalalariga borib quyilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman FVB va mahalla faollari birgalikda aholi yashash xonadonlariga borib, yomg‘ir suvlari uylarning xonalariga toshishi (kirishi) holatlari kuzatilmaganligi hamda hech kimga ziyon yetmaganligi aniqlangan.
LiveBarchasi