Dehqon xo‘jaliklarining yerga umrbod egalik qilish huquqi bekor qilinadi
Jamiyat
−
23 iyun 2020
11223Dehqon xo‘jaliklarining yerdan umrbod foydalanish huquqi bekor qilinishi mumkin. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilingan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasida aytib o‘tilgan.
Ushbu Qonun bilan dehqon xo‘jaligi uchun yer uchastkalarini meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan ajratish tartibini bekor qilish ko‘zda tutilgan.
Bunda ushbu Qonun kuchga kirgunga qadar mavjud dehqon xo‘jaliklariga nisbatan amaldagi mulkiy huquqlar saqlanib qolinadi.
Amaldagi qonunga ko‘ra, dehqon xo‘jaliklariga yerdan umrbod foydalanish va meros qoldirish huquqi berilgan.
Yangi qonun qabul qilinsa, dehqon xo‘jaliklari ushbu huquqdan mahrum etiladi.
Qonun loyihasi joriy yilning 3 iyulgacha muhokama qilinadi.
LiveBarchasi