DBQ tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini ogohlantirdi
Jamiyat
−
12 avgust 2019
4839O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga, xususan, Turkmaniston bilan oldi-sotdi qiluvchilarga eslatma bilan chiqdi.
2019 yil 1 sentyabrdan boshlab, Turkmaniston Respublikasida ushbu mamlakat hududidan tranzit tarzida o‘tuvchi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlari bo‘yicha yangi tartiblar joriy qilinmoqda.
2019 yilning 1 sentyabridan boshlab, ushbu mamlakat hududidan tranzit tarzida o‘tuvchi tovarlar haqida quyidagi ma’lumotlar taqdim etilmaganda, Turkmaniston bojxona xizmati tomonidan tovarlar tranziti uchun rusxatnomalar berilmaydi.
• yuklarni yuboruvchi va qabul qiluvchining nomi va joylashgan manzili;
• tovarlarni yuboruvchi va qabul qiluvchi mamlakat nomi;
• tovarlarni tashuvchining yoki ekspeditorning (ruxsatnomani ekspeditor olganda) nomi va joylashgan manzili;
• transport vositasi va uning haydovchisi;
• tovarlarning shakli, nomlanishi, miqdori va qiymati;
• tovarlarning vazni va hajmi;
• tovarlarni kodlash va nomlashning uyg‘unlashtirilgan tizimi bo‘yicha tasniflangan kodi (TIF TN);
• yuk o‘rinlarining umumiy soni;
• tovarlar yo‘llangan manzil;
• yo‘ldagi yuk operatsiyalari (tushirish, ortish, qayta yuklash va hk..);
• tovarlarni tashish muddati va harakatlanish yo‘nalishi.
LiveBarchasi