Jeki Chan koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkin
Olam
−
27 fevral 2020
28839Gollivudning mashhur aktyori Jeki Chan koronavirusga chalingan bo‘lishi va shu sabab shifoxonaga yotqizilishi mumkin.
O‘tgan dam olish kunida 65 yoshli aktyor Gongkongda o‘tgan shaxsiy ziyofatlardan biriga tashrif buyuradi. U yerda 60 nafarga yaqin mehmon bor edi. Ulardan ayrimlari koronavirus bilan kasallangan edi.
Jeki Channing koronavirusga chalingani taxmin qilinayotgan sabablardan biri shuki, ziyofatni tartibga solib turgan politsiyachilardan birida kasallanish alomatlari kuzatilgan. Bemorning yonida bo‘lgan qolgan 59 kishi hozir karantinda. Ayrim manbalarning ta’kidlashicha, ular orasida Jeki ham bo‘lishi mumkin.
Chan bilan birga aktyorlar Alan Tamb va Aleks Fong, shuningdek, rejissyor Erik Sang bo‘lgan. Ularni ham tadbir ishtirokchilari deb aytishmoqda. Manbalarning ma’lum qilishicha, to‘rttala aktyor koronavirus qayd etilgan joydan, boshqa yerdagi ziyofatda ham bo‘lgan bo‘lishlari mumkin.
65 yoshli aktyorning vakillari va mahalliy hokimiyat Jeki Channing koronavirusga chalinganini tasdiqlamagan.
Avvalroq, Mashhur aktyor, kaskadyor Jeki Chan kimki koronavirusga qarshi dori o‘ylab topsa, unga million yuan (143 ming dollar atrofida) berishini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi