Davletov “snos”lar muammosi, Prezident ko‘rsatgan yechim va JAR tajribasi haqida
Jamiyat
−
18 dekabr 2019
6704Tugab borayotgan yilda O‘zbekistonda eng ko‘p muhokama qilingan masala – uy-joylar va xususiy tadbirkorlarga tegishli ob’ektlarning o‘zboshimchalik bilan buzilishi bo‘ldi, desak mubloag‘a bo‘lmaydi. Bir necha qarorlar qabul qilngani, masalaga jiddiy e’tibor qaratilgani bilan bu boradagi ishlar hali qonunchilik talablari doirasida o‘z iziga tushgani yo‘q.
Adliya vaziri Ruslan Davletov “snos” ishlari va xususiy mulkni tortib olishlar bu yilgi katta chaqiriq bo‘lganini aytdi. U joriy yilning 14 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma beshinchi yalpi majlisidagi nutqida bu jarayonga o‘zgartirish kiritilganini ham qo‘shimcha qildi.
“2019 yil huquqni qo‘llash nuqtai-nazardan bizning oldimizda juda murakkab bo‘ldi. Bu yilda chaqiriqlar paydo bo‘ldi. Buni yashirishning hojati yo‘q. Birinchi navbatda “snos”lar masalasini aytish kerak. Yilning boshida boshlab bergan aksiyamizda 2,5 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushdi. 360ta sudlarga murojaat qilganmiz. 30 milliard so‘mlik kompensatsiya bo‘yicha murojaat qildik. 50ta mansabdor shaxs javobgarlikka tortilgan. Keyin bildikki, bu aysbergning uchi ekan. Prezidentimiz aralashganidan so‘ng, bu muammolar batamom yechimini topdi.
O‘ylaymizki, bu jarayonlar tarixga aylangan bo‘lishi kerak. Chunki tartib yangilandi. Prezidentimiz tomonidan har bir yerni tortib olish bo‘yicha qaror vazirlik tomonidan huquqiy ekspertiza qilinishidan so‘ng, kuchga kirishi belgilandi”, deydi Adliya vaziri.
Adliya vaziri shuningdek mulkni davlat ixtiyoriga olish bo‘yicha Janubiy Afrika davlati tajribasini misol keltirdi.
“Xususiy mulk muhimligi bo‘yicha bitta misol keltirmoqchi edim. 1994 yilgacha Janubiy Afrika davlatida aparteid bo‘lgan. Aparteid qulaganida katta yer-mulklar oq tanlilar ixtiyorida qolgan. Bugungi kungacha shunday. 9 foiz aholisi 72 foiz yerga egalik qiladi. Lekin 90 foiz aholisi, qora tanlilar ijtimoiy muammoga aylanmoqda. Ular yerni tortib olmoqchi. Xalqi ham, hukumati ham buni xohlayapti. Lekin qonun bunga yo‘l bermayapti”, deydi Ruslan Davletov.
LiveBarchasi