“Davlatimiz qashshoqlashib qolmaydi”. Andijon hokimi futbolchilarga iPhone 14 sovg‘a qildi

Sport

image

Kecha, 21 avgust kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 17-turi doirasida “Andijon” va “Olimpik” klublari maydonda o‘zaro bahslashdi. Mazkur uchrashuv 2:1 hisobida “Andijon” foydasiga yakunlandi. 

O‘yin tugaganidan so‘ng Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov futbolchilar bilan uchrashdi va o‘yinchilar bilan g‘alabani nishonlash chog‘ida mikrofon orqali tribunadagi muxlislarga yuzlanib, sportchilar munosib rag‘batlantirilishini ma’lum qildi. 

“Bugungi g‘alaba bilan, avvalo, hamma andijonliklarni tabriklayman. Futbolchilarga nima va’da qilgan bo‘lsam, hammasini beraman. Hozir nima ekanini aytmayman. Xudo xohlasa, bularga kuch beraman, rag‘bat beraman. Sizlar u yoqdan qo‘llab-quvvatlaysizlar, men pul tomondan qo‘llab-quvvatlayman, sog‘ bo‘linglar”,  deydi Shuhrat Abdurahmonov.

Shundan so‘ng viloyat rahbari gol muallifi Rubin Hebayga istagan avtomashinasini borib tanlashini, qolgan futbolchilarga esa iPhonye 14 smartfonlarini berishni va’da qildi.

“Ertaga borib, mashinani tanlasin. Sen mashinani orzu qilganmiding, ertaga borib, o‘zing tanla. Sen qaysini tanlasang, gap bo‘lishi mumkinmas, beramiz. Qolganlarga iPhone 14”, deydi viloyat hokimi.

QALAMPIR.UZ yuqoridagi holatda futbolchilar aynan qaysi mablag‘lar hisobiga rag‘batlantirilishini o‘rganish maqsadida viloyat hokimligi bilan bog‘landi. 

Andijon viloyat hokimligi matbuot kotibi Muslimbek Ibrohimovga ko‘ra, futbolchilarni rag‘batlantirish tashabbusi bir necha hafta oldin ilgari surilgan. Uni amalga oshirishda Andijonda professonal sportni rivojlantirishga hissa qo‘shish va sportchilarni qo‘llab-quvvatlash istagini bildirgan homiylar jalb etilgan. 

“Homiylar ishtirokida mablag‘lar jamg‘arilgan bo‘lib, viloyat rahbari aynan ushbu rag‘batlar Andijon ahli nomidan sportchilarga topshirilishini ma’lum qilib o‘tgan. Bunda homiylik harakatlarini o‘z egalariga to‘liq yetkazish maqsad qilingan”, deya ma’lum qildi u.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Shuhrat Abdurahmonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made