Davlatga xiyonatda ayblangan Saudiya shahzodasi o‘limga hukm qilindi
Olam
−
29 iyun 2021
17551Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdul Aziz al-Saudning jiyani Fahd bin Turki bin Abdul Aziz davlatga xiyonatda ayblanib, o‘limga hukm qilindi. Bu haqda uning nomi sir saqlanishini xohlagan qarindoshi Fors ko‘rfazini o‘rganish institutiga (IGA) ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Fahd ibn Turki qirol Salmon va uning o‘g‘li, Mudofaa vaziri va amalda mamlakatni boshqarayotgan Salmonni ag‘darish maqsadida davlat to‘ntarishi o‘tkazishga tayyorlanishda ayblangan.
Manba IGA’ga Ar-Riyoddagi sobiq yuqori martabali amaldorning yozma xabarlarini taqdim etgan. Unga ko‘ra, bin Turki davlatga xiyonatda ayblanib, oliy jazoga hukm qilingan.
Bin Turki sentyabr oyida Al-Juf viloyati gubernatorining o‘rinbosari bo‘lgan o‘g‘li Abdul Aziz bilan birga korrupsiyada ayblanib hibsga olingan edi.
1983 yilda Saudiya Arabistoni armiyasiga qo‘shilgan Bin Turki AQSH va Buyuk Britaniyaning maxsus operatsiyalari bo‘yicha o‘qitilgan va o‘tgan yili hibsga olinguncha general-leytenant unvoniga sazovor bo‘lgan.
LiveBarchasi