Davlat yerini 23 ming dollarga pullashga uringan hokim yordamchisi ushlandi (video)
3-sahifa
−
16:29 2354 1 daqiqa
Namangan viloyatida davlat yerini 23 ming dollarga sotishga uringan hokim yordamchisi qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Namangan viloyati Chust tumani hokimining mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi yordamchisi 2022 yilda “Sadacha” kichik sanoat zonasi hududidan o‘zining qarindoshiga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish maqsadida ajratib berilgan 43 sotix yer maydonining 20 sotix qismini hokimiyatdagi tanishlari orqali 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 23 ming AQSH dollari talab qilgan.
Ammo hokim yordamchisi oldindan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida hokimlik zaxirasidagi yerni ijaraga berish evaziga 90 mln so‘m talab qilgan hokim o‘rinbosari qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi