Davlat tasodifan rahbarlikka kelish bilan qanday kurashadi?

Jamiyat

image

Davlat tashkilotlaridagi rahbarlik lavozimlariga tasodifan kelib qolishning oldini olish uchun bir guruh davlat fuqarolik xizmatchilari Milliy kadrlar zaxirasiga olindi. Ular endilikda Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur asosida malaka oshirishadi. Bu haqda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.

Ushbu kadrlar rahbarlikka tasodifan kelib qolishning oldini olish, milliy, respublika, tarmoq va hududiy darajalarda professional tayyorlangan samarali rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida 2 500 nafar davlat xizmatchisi orasidan saralangan.

Shu bilan birga, nomzodlarning kompetensiyalarini baholash maqsadida hududiy komissiyalar va ishchi guruh ishtirokida 1 300 dan ortiq nomzod bilan suhbatlar tashkil etilgan. Natijalarga ko‘ra, jami 761 nafar nomzod kadrlar zaxirasiga saralab olingan (jami 246 ta lavozimga o‘rtacha 3 nafardan nomzod).

Kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali kasbiy kompetensiyasini oshirish maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan bugundan boshlab onlayn  malaka oshirish kurslari boshlangan.

Mazkur malaka oshirish kurslari natijasida nomzodlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy sohadagi bilimlari hamda rahbarlik ko‘nikmalarini yanada oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, nomzodlar uchun hududlarda an’anaviy ta’lim olish, soha bo‘yicha vazirlik va idoralarda amaliyot, xorijiy stajirovka ham tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, Milliy kadrlar zaxirasi – davlat fuqarolik xizmatida rahbar kadrlar tarkibining barqarorligi va sifatini ta’minlash, davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyalarini oshirish hamda xizmatchilarni lavozim bo‘yicha ko‘tarish maqsadida tashkil etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

davlat xizmati

Baholaganlar

111

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing