Davlat shifoxonalarida ba’zi bemorlar uchun limit belgilanadi

Jamiyat

image
Odamlar yig‘iladigan joylarga borishni kamaytiring. Koronavirusni yuqtirib olmaslikka oid muhim ko‘rsatmalar north_east

Odamlar yig‘iladigan joylarga borishni kamaytiring. Koronavirusni yuqtirib olmaslikka oid muhim ko‘rsatmalar

Tibbiy yordam ko‘rsatish darajasiga bog‘liq ravishda shifoxonaga yotqizishga ko‘rsatmalarni aniqlash jarayoniga axborot-texnologiyalari joriy qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasida qayd etilgan.

Hujjatga asosan ushbu qaror bilan tasdiqlanadigan nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga saqlanadigan yoki imtiyozli shaxslar toifasi uchun ko‘rsatilgan tibbiy yordam uchun to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tuman, viloyat va respublika miqyosidagi tibbiyot tashkilotlariga tatbiq etiladi.

Unga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan viloyatlar Sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining davriy hisobotlari bo‘yicha har chorakda orderlar yangidan taqsimot qilinadi. Taqsimotda viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahriga har bir klinika uchun oylik limit belgilanadi. Bemorlar shu limit doirasida shifoxonaga yo‘naltiriladi.

Viloyat miqiyosidagi klinikalarga Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan taqsimot qilinadi.

Taqsimot paytida 5 foiz ambulator va 5 foiz statsionar orderlar davolash –profilaktika muassasining o‘zida qoldiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror loyihasi shifoxona

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing