Yil oxirigacha 15 million indoneziyalik koronavirusga qarshi emlanadi

Olam

image

Taxminan 15 million indoneziyaliklar yil oxiriga qadar Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklari olimlari hamkorligida ishlab chiqarilayotgan  birinchi koronavirus vaksinalari bilan emlanishi mumkin. Bu haqda Davlat korxonalari vaziri – pandemiyadan keyin milliy iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha Hukumat guruhi rahbari Erik Toxir ma’lum qilmoqda. 

"Agar respublikada boshlangan yangi preparatning klinik sinovlari muvaffaqiyatli yakunlansa,  yil oxiriga qadar bizda 30 million dozaga yaqin vaksina bo‘ladi", deydi mulozim. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 15 million indoneziyalikni emlash kutilmoqda. Emlash ikki kun ichida 14 kunlik interval bilan amalga oshiriladi. 

Vazir Xitoyning davlat farmatsevtika xoldingi yil oxiriga qadar Indoneziyaga 20 million dozani, keyingi yilga kelib esa 250 million dona yangi vaksinani yetkazib berishni rejalashtirayotganini ta’kidladi.  

Shu bilan birga, erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, arab kompaniyasi dekabr oyida Jakartaga kamida 10 million doza, kelasi yilning birinchi choragida yana 50 million doza vaksina yuboradi. 

Vazir vaksina  davlat sug‘urtasi dasturi ishtirokchilari uchun bepul bo‘lishini ta’kidladi. Unga ko‘ra, bu Indoneziyaning taxminan 221 million fuqaro vautsinani bepul qabul qiladi degani. Shuningdek, vaksinani pulga sotib olish ham mumkin. Uning bahosi taxminan 30 dollar bo‘lishi kutilmoqda. 

Bugungi kunga qadar respublikada koronavirus infeksiyasining 172 mingdan ortiq holatlari tasdiqlangan, 7,3 mingdan ortiq odam vafot etgan. So‘nggi bir necha kun ichida yuqtirgan odamlarning kunlik ko‘payishida yangi rekordlar qayd etilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya vaktsina

Baholaganlar

69

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing