Davlat mansabdorlarning cho‘ntagini qanday hisob-kitob qilmoqchi?

Intervyu

Adliya vaziri taklifi: “Amaldorlarning daromadlari ham, xarajatlari ham deklaratsiya qilinishi kerak” north_east

Adliya vaziri taklifi: “Amaldorlarning daromadlari ham, xarajatlari ham deklaratsiya qilinishi kerak”

“2019 yilning oxirida davlat xizmatchilarining daromadlari va xarajatlarini deklaratsiyalash masalasida bizning vazirlik, Soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan alohida yo‘riqnoma ishlab chiqildi. Hujjat loyihasi ham tayyorlangan. Bugungi kunda bu borada vazirliklar bilan kelishish jarayonidamiz. Bu qisqa muddatlarda o‘z yakuniga yetadi”, deydi vazir Nozim Husanov.

Kecha, 5 fevral kuni “Islohotlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida munosib mehnatni ta’minlash” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tgani haqida xabar qilgandik. Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov QALAMPIR.UZ saytiga davlat xizmatchilarining daromadlari va xarajatlarini deklaratsiyalash va uning bosqichlari qanday amalga oshirilishi haqida intervyu berdi.

“Bu hujjat davlat xizmatchilariga tegishli bo‘ladi. Loyiha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Misol uchun, birinchi bosqichda, vazirlik yoki qo‘mitalarning daromad va xarajatlari deklaratsiyalanadi. Keyingisida departament yoki boshqarma boshliqlari va shu ketma-ketlikda barcha davlat xizmatchilariga bu tartib kiritiladi. Bu hozircha loyiha va o‘rganilish jarayonida turibdi. To‘liq o‘rganib tasdiqdan o‘tgach, keyin so‘nggi to‘xtamga kelinadi hamda bu haqda to‘liq va aniq ma’lumotlar oshkor qilinadi”, deydi Nozim Husanov.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 27 may kuni PF-5729 sonli “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilingandi. Deklaratsiyani ishlab chiqishda asosiy ijrochi sifatida Bandlik va mehnat vazirligi ko‘rsatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Moliya vazirligi Soliq qo'mitasi Nozim Husanov

Baholaganlar

157

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing