Davlat xizmatchilarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yaratiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining telefon raqami, pochtasi va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari haqidagi axborotlarni nazarda tutuvchi ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Bu haqda kecha, 19 iyun kuni qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonida so‘z boradi.  

Unga ko‘ra, joriy yil 1 sentyabrdan boshlab davlat xizmatchilarining o‘z ko‘nikmalarini doimiy rivojlantirib borishi hamda ular o‘rtasida o‘zaro muloqotni kuchaytirish bo‘yicha quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutuvchi “Davlat xizmatchisi” mobil ilovasi ishga tushiriladi:

  • masofaviy tarzda davlat xizmatchilarining kompetensiyalarini rivojlantirish va malakasini oshirish hamda bu borada statistik ma’lumotlarni shakllantirish;
  • davlat xizmatchilari tomonidan davlat organi ish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashabbuslar berish hamda rahbar tomonidan ularga munosabat bildirish;
  • davlat xizmatchisining shaxsiy rivojlanish rejasini tuzish, uning bajarilishini monitoring qilish;
  • xodim to‘g‘risidagi ma’lumotlar, rahbar xodimlar uchun ular tomonidan muvofiqlashtiriladigan soha va bo‘linmalar, bog‘lanish uchun telefon raqami, pochtasi va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari haqidagi axborotlarni nazarda tutuvchi ma’lumotlar bazasini yaratish. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur farmon bilan endilikda davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilingan davlat xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yil muddatga tuzilishi va keyinchalik faoliyatining ijobiy natijalariga ko‘ra mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga uzaytirilishi hamda respublika darajasidagi tashkilot rahbarlari ham Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona portali orqali tanlanishi xabar qilingandi. Shuningdek, davlat xizmatchilarining xorijiy va ichki xizmat safarlari natijasi elektron tizimda baholanishi hamda ularning tana vazni o‘lchab borilishi va bu haqdagi ma’lumotlar maxsus platformaga joylanishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat xizmatchilari fuqarolik xizmati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing