Davlat xizmatchilarining ishdan tashqari vaqtdagi majburiyatlari aytildi

Jamiyat

image

Davlat xizmatchilari xizmatga aloqador bo‘lmagan holatlarda xizmat guvohnomasini ko‘rsatib, mavqeini suiiste’mol qilmasligi shart. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabarida keltirilgan.

Davlat xizmatchilarining ishdan tashqari vaqtda ham quyidagi majburiyatlari bor:

  • rasmiy e’lon qilingan ma’lumotlardan tashqari davlat xizmati faoliyatiga oid masalalarni muhokama qilmaslik;
  • dabdababozlik, shuhratparastlik, guruhbozlik, maishatbozlik, ichkilikbozlik va boshqa salbiy illatlarga yo‘l qo‘ymaslik;
  • jamoat joylarida (kafe, restoran va boshqa ko‘ngilochar maskanlarda) o‘zini tutish qoidalariga rioya etish, atrofdagilarning e’tiborini tortuvchi ortiqcha va salbiy harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik;
  • jamoat tartibi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etmaslik, mazkur noqonuniy harakatlarga boshqalarni jalb etmaslik yoki da’vat qilmaslik;
  • xizmat guvohnomalarini saqlash va foydalanish tartibiga qat’iy rioya etish, ulardan xizmatga aloqador bo‘lmagan holatlarda foydalanmaslik, shu jumladan, vakolatli shaxslarga xizmat guvohnomasini ko‘rsatib, mavqeini suiiste’mol qilmaslik;
  • ish faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlarni ishga aloqador bo‘lmagan boshqa shaxslar ishtirokida muhokama qilmaslik;
  • o‘zi faoliyat yuritgan davlat organlari va tashkilotlari hamda davlat xizmatiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakatlardan tiyilish;
  • tashqi ko‘rinishini belgilangan me’yorlar doirasida saqlash, kamtarona kiyinish, atrofdagilarning e’tiborini o‘ziga ortiqcha jalb qiladigan tarzda kiyinmaslik.

Bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat xizmatchilari majburiyatlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing