Davlat ishtirokidagi qator korxonalarga ish qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
18 Oktabr
8353Davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishda oldindan rozilik olmagan tashkilotlarga nisbatan tegishli ta’sir choralari ko‘rildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.
2024 yilning III-choragi davomida iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish bo‘yicha davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olinganligi masalalari yuzasidan monitoring ishlari olib borilganda 7 ta holatda qonun buzilish holatlari aniqlangan.
Jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, Namangan muhandislik-texnologiyalari instituti, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tuman hokimligi, Xorazm viloyati Hazorasp tumani hokimligi, Farg‘ona viloyati Dang‘ara tuman sport maktablariga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun, PF-6019-son Farmon hamda Vazirlar Mahkamasining 346-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, natijasi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan belgilangan tartibda ko‘rsatmalar berilgan.
Jumladan, 4 ta davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan qarorni bozorda raqobat muhitiga ta’sir ko‘rsatmaganligi sababli o‘z kuchida qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, kelgusida qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan hamda rozilik olinmasdan tashkil etilgan 3 ta davlat ishtirokidagi korxonani qonunchilikda belgilangan tartibda tugatish bo‘yicha choralar ko‘rilgan.
Ma’lumot uchun, “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasi, PF-6019-son Farmon hamda Vazirlar Mahkamasining 346-son qarori bilan tasdiqlangan (Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi to‘g‘risida) Nizomga asosan davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish) chog‘ida monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi olinishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotuvchi yog‘-moy korxonalari tomonidan ushbu turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilishi va birja savdolarida narxlarni sun’iy oshirishga urinilgani aniqlangandi va ularga nisbatan ish qo‘zg‘atilgandi.
LiveBarchasi