Davlat geologiya qo‘mitasiga yangi vazifalar topshirildi
Jamiyat
−
19 noyabr 2019
4629O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Neft va gazgeologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qilgani haqida xabar bergan edik.
Qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “O‘zbekneftgaz” AJning O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda – Davlat geologiya qo‘mitasi) quyidagi funksiyalarni topshirishi taklifi qabul qilindi.
• yangi uglevodorod xomashyosi konlarini ochish uchun neft va gaz istiqbolli tuzilmalarini aniqlash va tayyorlashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot, regional geologik-tasvirlash, geofizik va burg‘ulash ishlarini olib borish;
• respublika uglevodorod xomashyosi zaxiralarini jadal rivojlantirish va qayta tiklash, yangi uglevodorod xomashyo konlarini ochishni ta’minlashga yo‘naltirilgan geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirish ishlarini tashkillashtirish.
“O‘zbekneftgaz” AJ 2019 yil yakuniga qadar Davlat geologiya qo‘mitasiga ilmiy-tadqiqot va geofizik ishlarini olib borishning amaldagi loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda barcha mavjud istiqbolli maydonlar, investitsiya bloklari va uglevodorod xomashyosi konlari bo‘yicha fond va boshqa materiallarni taqdim etsin.
LiveBarchasi