Davlat departamenti: “Rossiya va AQSH qiyin paytlarda bir-birlariga yordam beradi”

Olam

image

Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari qiyin paytlarda bir-birlariga ko‘p marotaba gumanitar yordam ko‘rsatdi va kelgusida ham shunday qilishadi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti vakili Morgan Ortagus ma’lum qildi.

"Hozir hammamizning hayotimizga tahdid soladigan umumiy dushmanni yengish uchun birgalikda ishlash vaqtidir", deydi departament vakili.

Ortagusning so‘zlariga ko‘ra, AQSH butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kurashishga qodir emas. Nafaqat AQSHga, balki barcha davlatga bu kurashda yordam kerak. Departament vakilining ta’kidlashicha, hozir barcha siyosiy kelishmovchiliklarni chetga surib turish payti.

Ma’lumot uchun, kecha, 1 aprel kuni Rossiya AQSHga harbiy samolyotda insonparvarlik yordami yubordi. Ruslar AQSH sog‘liqni saqlash xodimlari uchun tibbiy asbob-uskunalar, kislorod ventilyatorlari va shaxsiy himoya vositalarini yetkazib berdi.

 

Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Insonparvarlik yordami

Baholaganlar

158

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing