Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzganlarning ayrim huquqlari cheklanmoqda

Jamiyat

image

Endilikda, ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga taalluqliligi belgilanmoqda. Buni ko‘zda tutuvchi qonun 3-4 fevral kunlari Oliy Majlis Senatining 23-yalpi majlisida ko‘rib chiqildi. 

Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunni muhokama qildi. 
 
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga quyidagi o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Jumladan, 224-modda – chegara zonasiga, shuningdek, fuqarolarning kirishi va bo‘lishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish, shuningdek, 2241-moddaning birinchi qismi bilan – O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzish, ya’ni shaxslar va transport vositalarining o‘tkazish punktlarida bo‘lishi hamda harakatlanishi tartibiga rioya etmaslik, shaxslarning o‘tkazish punktlaridagi taqiqlangan joylarga va transport vositalariga g‘ayriqonuniy kirganligi uchun jarimalar miqdori qayd etilmoqda.

Shu bilan birga, quyidagi shaxslarning Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi cheklanmoqda:

•    chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tayinlangan ma’muriy jarimani to‘lamagan taqdirda 1 yil muddatga, shuningdek, ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takroran sodir etsa va ushbu huquqbuzarlik uchun tayinlangan ma’muriy jarimani to‘lamagan taqdirda 3 yil muddatga cheklanmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. 


Maqola muallifi

Teglar

chegara

Baholaganlar

138

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing