Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bugun, 13 sentyabr kuni imzolagan qarori bilan Sunatulla Xusanovich Bekenov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Sunatulla Bekenov 1971 yil Qozog‘iston Respublikasi Chimkent viloyatida tug‘ilgan.

Toshkent davlat universiteti, matematika fakultetini tamomlagan. O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida o‘qigan.

1993-1994 yillarda O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasining matematika Ilmiy-tadqiqot instituti  stajyor-tadqiqotchisi;

1994-1994 yillarda O‘zbekiston Xalq banki Toshkent viloyati Boshqarmasining moliya bo‘limi iqtisodchisi;

1994-2000 yillarda Xalq bankida turli lavozimlarda;

2000-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligida qimmatli qog‘ozlar va moliya bozori Boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i;

2004-2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish bo‘yicha Davlat qumitasi qoshidagi korporativ qimmatli qog‘ozlar Davlat Markaziy depozitariyasi direktori;

2006-2007 yillarda / 2010-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari / birinchi o‘rinbosari;

2007-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha Yig‘ma axborot-tahlillar departamenti rahbari;

2008-2009 yillarda va 2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijroiya apparati boshqaruvchisi;

2009-2010 yillarda / 2016-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot Vaziri / vazirning birinchi o‘rinbosari;

2015-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari — Tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari;

2018 yil 19 fevraldan —2019 yil 28 yanvargacha Investitsiyalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat qo‘mitasi Raisining Birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 

2019 yil 28 yanvardan to hozirgacha Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Sunatulla Bekenov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing