Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yangi direktor tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori tayinlandi.

Qayd etilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 11 aprelda imzolagan qaroriga muvofiq, Ahadbek Yahyobekovich Haydarov O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori lavozimini egallagan. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, Ahadbek Haydarov bungacha moliya vazirining o‘rinbosari sifatida ham ishlab, ijtimoiy soha, ilm-fan, boshqaruv organlarini moliyalashtirish masalalarini va Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi faoliyatini nazorat qilgan. Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar u “Mikrokreditbank” ATB boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Tayinlov

Baholaganlar

21

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing