“Davergeodezkadastr” qo‘mitasida “tozalash” boshlandi
Jamiyat
−
14 iyul 2020
8945“Davergeodezkadastr” qo‘mitasida joriy yilning 10 iyul kuni respublika, viloyat va tuman miqyosidagi 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Lavozimini suiiste’mol qilib, o‘z ishiga mas’uliyatsizlik va sovuqqonlik bilan qarayotgan, tizim idoralarida yetarli darajada ishni tashkil etmasdan, aksincha o‘z nafsini o‘ylagan respublika, viloyat va tuman miqyosidagi 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
“Bu boshlanishi! Sohaning rivojiga to‘siq bo‘layotgan har bir muammoni yechish qo‘mita oldida turgan pirovard maqsad bo‘lib, mana shunday xodimlar doimiy nishonda bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 4 iyul kuni Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining yangi raisi Halilillo To‘raxo‘jayev jamoatchilikka murojaat qilib, kadastr sohasini shaffof, korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish uchun fuqarolardan yordam so‘ragan edi.
Ma’lumot uchun, Halilillo To‘raxo‘jayev 30 iyun kuni Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining raisi lavozimida ish boshlagan edi. Bungacha u Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi