Dastin Pore va Shavkat Rahmonov o‘rtasida jang o‘tkazilishi mumkin

Sport

image

Hali mag‘lubiyatga uchramagan qozog‘istonlik UFC jangchisi Shavkat Rahmonov amerikalik taniqli sportchi Dastin Pore bilan jang qilishga kelishib oldi. Bunga har ikkala sportchi o‘zining X (Twitter) sahifasida o‘zaro qisqa suhbat orqali aniqlik kiritgan. 

Gap shundaki, Dastin Pore endilikda yarim o‘rta vazn toifasida jang qilish istagida ekannini ma’lum qilgan. Mazkur divizion reytingining 6-pog‘onasidagi qozog‘istonlik jangchi Shavkat Rahmonov u bilan oktagonda uchrashishga rozi bo‘lganini qisqa, “Ok”, deb izohladi. 

Rahmonovning 17 sentyabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan jangi, raqibi Kelvin Gastelumning mashg‘ulotlar vaqtida jarohat olgani sababli, bekor qilindi. Shundan so‘ng sportchi turli ijtimoy tarmoqlarda raqib izlash bilan ovvora bo‘lib yurgan edi. Agar Pore bilan jang tashkil etiladigan bo‘lsa, bu qozog‘istonlik sportchining faoliyatida eng shov-shuvlisi bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, Shavkat Rahmonov professional MMA'dagi faoliyati davomida 17 ta jangda ishtirok etib, barchasida g‘lalabaga erishgan. Ularning 8 tasida muddatidan oldin, 9 tasi hakamlar qarori bilan qo‘lga kiritilgan. Dastin Pore esa jami 37 jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 29 tasida raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan, 8 marta imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Solt-Leyk Siti shahrida o‘tkazilgan UFC 291 turnirida mahalliy sportchilar Dastin Pore va Jastin Getji UFC tashkilotining BMF kamari uchun o‘zaro jang olib borgan edi. Pore bahsning ikkinchi raundida Getji tomonidan yo‘llangan dahshatli oyoq zarbasi bilan chuqur nokautga uchrab, mag‘lub bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Dastin Por'e Shavkat Rahmonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing