Darslarni o‘zlashtirishning 2 muhim omili ma’lum qilindi

Salomatlik

image

Charchoq, sustkashlik va yaxshi o‘qimaslik tanada temir moddasining tanqisligi bilan bog‘liq. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, temir moddasi yetarli va jismoniy holati yaxshi bo‘lgan talabalar o‘qishda ham darslarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan. Bu haqda “Science Daily” nashri yozmoqda.

Nashrga ko‘ra, Amerikaning Nebraska-Linkoln va Pensilvaniya universitetlarining tadqiqotchilari 105 nafar kollej talabalasining ma’lumotlarini o‘rgangan. Olimlar ishtirokchilar organizmidagi temir moddasi va jismoniy tayyorgarlik darajasi bilan darslarni o‘zlashtirish qobiliyati o‘rtasida bog‘liqlik bor yoki yo‘qligi ustida izlangan. 

Aniqlanishicha, talabalarning bilim saviyasi va darslarni o‘zlashtirishiga eng katta ta’sir qiluvchi omil ularning jismoniy holati bo‘lib chiqqan. Organizmdagi temir moddasining darajasi esa ikkinchi o‘rindagi ta’sir etuvchi omil ekani aniqlangan. Ushbu ikkala omilga ham ega bo‘lgan talabalarning darslarni o‘zlishtirishi boshqalarga nisbatan yengilroq kechgan.

Tadqiqot so‘ngida, sinovda qatnashgan talabalarga jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanish va temir moddasiga boy mahsulotlardan iste’mol qilish tavsiya etilgan.

Qayd etilishicha, yashil bargli sabzavotlar, grechka, gorox, loviya, qora shokolad, tuxum va yong‘oq kabi kundalik dasturxonda uchratish mumkin bo‘lgan mahsulotlar temirga boy hisoblanadi. Temir esa tanadagi muhim funksiyalarni bajaradi, jumladan, qonda kislorod tashish bilan shug‘ullanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimlar Tadqiqot

Baholaganlar

371

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing