Darsga kelmagan o‘quvchilarning uyiga “Ogohlantirish xati” boradi
Jamiyat
−
13 fevral
8249Sababsiz dars qoldirgan bolalarning ota-onalariga ogohlantirish xatlari yuboriladi. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ma’lum qildi.
Endilikda maktab mas’ullari tomonidan shu namunadagi “Ogohlantirish xati” tezkor ravishda o‘quvchilarning yashash manzillariga yetkaziladi.
Shuningdek, “Ogohlantirish xati”da ota-onalar o‘z farzandlarining maktabga borishini ta’minlash mas’uliyatini oshirish maqsadida MJtK 47-moddasi mazmun-mohiyati tushuntirilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun har bir maktabga Milliy gvardiya ofitserlari biriktirilgan.
Ushbu moddaga asosan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarimaga sabab bo‘ladi.
Bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish holatida ularga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solinadi.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi