Darig‘a Nazarboyeva otasining partiyasidan deputatlar ro‘yxatiga kiritildi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Birinichi Prezidentining qizi – Qozog‘iston Senatining sobiq spikeri Darig‘a Nazarboyeva “Nur Otan” (“Vatan nuri”) partiyasidan Majilis (parlamentning quyi palatasi) deputatlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda bugun, 12 dekabr kuni “Nur Otan” partiyasining veb-saytida e’lon qilingan.

“12 yanvar kuni “Nur Otan” partiyasi Siyosiy kengashi byurosining qarori bilan “Qozog‘iston Respublikasida saylov” to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunning 97-1-moddasidagi 5-bandga muvofiq 76 nomzod ro‘yxati tasdiqlandi va Qozog‘iston Parlamenti VII chaqiriq Majilisi deputatlarini ro‘yxatiga olish uchun Markaziy saylov komissiyasiga yuborildi”, deyiladi xabarda. 

Darig‘a Nazarboyeva bu ro‘yxatda 41-raqam ostida qayd etilgan.

Majilisning amaldagi spikeri Nurlan Nigmatulin ham “Nur Otan” partiyasidan deputatlikka nomzod sifatida kiritilgan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 10 yanvar kuni Qozog‘istonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Unda hukmron “Nur Otan” (“Vatan nuri”) partiyasi 71,09 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. 

Eslatib o‘tamiz, “Nur Otan” partiyasining raisi Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev hisoblanadi. Darig‘a Nazarboyeva esa uning to‘ng‘ich qizidir.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston saylov Parlament

Baholaganlar

90

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing