Daryoga qulagan avtobus: qurbonlar yetti nafarga yetdi

Olam

image

Kecha, 10 may kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yo‘lovchi avtobusining daryoga qulashi oqibatida qurbon bo‘lganlar yetti nafarga yetdi. Bu haqda mahalliy nashrlar yozdi.

Avvalroq, Sankt-Peterburg shahridagi Moyka daryosiga qulagan avtobusning haydovchisi Tojikistonda tug‘ilgan, ayni paytda Rossiya fuqarosi bo‘lgan Rahmatshoh Qurbonov ekani ma’lum bo‘lgandi. Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, u transport vositasining tormozi ishlamay qolganini aytgan.

Guvohlarning aytishicha, Qurbonov avval mashinadan tushib, avtobus tomidagi eshikni ochmoqchi bo‘lgan, biroq buning uddasidan chiqa olmagan. Bu ishni yordamga oshiqqan o‘tkinchilar amallagan.

Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi hozirda shifoxonada og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda. Haydovchining rafiqasi "78 TV" telekanaliga intervyu berib, voqeadan bir kun avval eri tun bo‘yi ishlagani va bor-yo‘g‘i besh soat uxlaganidan so‘ng majburan ishga jalb qilinganini ta’kidlagan. Shunga qaramay, Rahmatshoh Qurbonov voqeaning bosh aybdori sifatida ko‘rilmoqda.  

Transport vositasi tegishli bo‘lgan "Taksi” MCHJ avtobus texnik ko‘rikdan o‘tkazilgani va ta’mirlanganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburg markazida 20 ga yaqin yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus daryoga tushib ketgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg avtobus qurbonlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made