Dard ustiga chipqon. Xitoy qiruvchi samolyotlari Tayvanga kirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi boshlangan kun, kecha, 24 fevralda Xitoyning to‘qqizta samolyoti Tayvan hududiga kirdi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda. 

Tayvan harbiy departamentining ma’lum qilishicha, missiyada Xitoyning sakkizta J-16 qiruvchi samolyoti va bitta Y-8 razvedka samolyoti Tayvan nazorati ostidagi Pratas orollari shimoli-sharqidagi hudud ustidan parvoz qilgan.

Mamlakat harbiy-havo kuchlari hujumni qaytargan. Xitoy o‘z hududi deb hisoblagan Tayvan muntazam ravishda Xitoy havo kuchlarini bosib olishga urinishlar haqida xabar beradi.

Ta’kidlanishicha, Tayvan hukumati jangovar tayyorgarlik darajasini oshirgan. 

Rasmiylar Xitoy Ukraina inqirozidan foydalanib, orol tomon harakatlanishidan xavfsirab, Ukrainadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Xitoy Mudofaa vazirligi Matbuot kotibi Tan Kefey Tayvan Xitoyning “asosiy muammosi” ekanligini va ular chet yel aralashuviga toqat qilmasliklarini tasdiqlagan.

“Biz Amerika tomonini Tayvan masalasining yuqori sezgirligini tan olishga, Xitoyning ichki ishlariga aralashishni to‘xtatishga va olov bilan o‘ynashni bas qilishga chaqiramiz”, degan Tan Kefey. 

Ayni paytda AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Tayvanga ko‘proq resurslar ajratishni rejalashtirmoqda. 

XXR markaziy hukumati va Tayvan o‘rtasidagi rasmiy munosabatlar 1949 yilda, Xitoy Kommunistik partiyasi bilan fuqarolar urushida mag‘lubiyatga uchragan Chang Kayshi boshchiligidagi Gomindan qo‘shinlari Tayvanga ko‘chib o‘tgandan so‘ng uzilgan. Orol va materik Xitoy o‘rtasidagi biznes va norasmiy aloqalar 1980-yillarning oxirida qayta tiklandi. 1990-yillarning boshidan boshlab tomonlar nodavlat tashkilotlar - Tayvan bo‘g‘ozi orqali aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha Pekin assotsiatsiyasi va Bo‘g‘ozlar bo‘ylab almashinuv bo‘yicha Taypey jamg‘armasi orqali aloqa o‘rnatishni boshladilar.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Tayvan'

Baholaganlar

2579

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made