Daniya Yevropada dastlabkilardan bo‘lib bog‘cha va maktablarini ochdi
Olam
−
15 aprel 2020
6012Daniya bugun, 15 aprel kuni koronavirus tufayli cheklovlar joriy qilinganidan so‘ng, maktablar va bolalar bog‘chalarini ochgan Yevropadagi birinchi davlat bo‘ldi. Bu haqda “Agence France-Presse” axborot agentligi xabar bermoqda.
Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, bolalar bog‘chalari va 0 dan 5 sinflarga ta’lim beradigan maktablar boshlagan. Ammo hali mamlakatdagi barcha ta’lim muassasalari ishlashga tayyor emas. Poytaxt Kopengagenda muassasalarning atigi 35 foizi ishlayapti, mamlakat bo‘ylab 98 ta kommunaning yarmida darslar boshlandi. Qolgan ta’lim muassasalari sanitariya qoidalariga moslashish uchun vaqt zarurligini ta’kidlashdi.
Daniyadagi barcha maktab va bog‘chalar 20 apreldan to‘liq ishlashi kutilmoqda.
Daniyada koronavirus infeksiyasi bilan 4 647 kishi kasallandi. Hozirgi kunda 503 bemor kasalxonalarga yotqizilgan, 135 kishi intensiv terapiya bo‘limlarida qolmoqda. 187 nafar bemor vafot etgan. Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli Daniya hukumati 14 martdan boshlab chet elliklar uchun chegaralarni yopib qo‘ydi. Hukumat, shuningdek, barcha o‘quv muassasalari ishini to‘xtatdi.
Avvalroq, Italiyada ham karantin cheklovlari biroz yumshatilgani, bolalar kiyim-kechaklari va parfyumeriya do‘konlari navbati bilan ochilayotgani haqida ma’lum qilgan edik.
LiveBarchasi