Daniya o‘ziga xos cheklovlar bilan karantinni kuchaytirdi
Olam
−
24 Oktabr 2020
3744Daniya hukumati koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish uchun 10 kishigacha bo‘lgan guruhlarda uchrashuvlar cheklovini kuchaytirishga qaror qildi. Shuningdek, 22:00 dan keyin spirtli ichimliklar sotilishini taqiqladi. Bu haqda The Guardian nashri yozmoqda.
Mamlakat fuqarolari, shuningdek, barcha yopiq jamoat joylarida, masalan, supermarketlarda niqob taqishlari majburiy etib belgilandi.
Uchrashuvlar ishtirokchilari sonidagi cheklov kamida to‘rt hafta davomida amal qiladi va soat 22:00 dan keyin alkogol mahsulotlarini sotish taqiqlanishi va niqob taqish talabi 2 yanvargacha davom etadi.
"Biz kasalxonaga yotqizilishlar sonining zudlik bilan va keskin ko‘payishiga tayyor bo‘lishimiz kerak", dedi Daniya sog‘liqni saqlash vaziri Magnus Xoynike mamlakat kunlik 859 ta koronavirus infeksiyasining tasdiqlangan holatlarini qayd etar ekan.
Xoynike, shuningdek, Daniya 5,8 million aholisi uchun COVID-19 vaksinalarini yetarli miqdorda sotib olishini ta’kidladi. Uning ma’lum qilishicha, bu borada Johnson & Johnson Denmark kompaniyasi bilan shartnoma imzolangan.
Ma’lumot o‘rnida, Daniyada 38,6 ming aholida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Kasallik oqibatida 697 nafar bemor vafot etgan bo‘lsa, 31,2 ming kishi to‘liq sog‘aydi.
LiveBarchasi