Daniya Ukraina infratuzilmasini tiklash uchun 22 mln dollar ajratdi
Olam
−
13 yanvar 2024
3684Daniya hukumati Ukrainaga yana bir yordam paketi taqdim etilishini e’lon qildi.
“Bu safar u infratuzilmani tiklash – elektr va issiqlik ta’minotini ta’minlash, shuningdek, minalarni aniqlash va zararsizlantirishga qaratilgan”, deyiladi Qirollik TIV matbuot xizmati xabarida.
Bu Ukraina uchun jamg‘arma doirasida ajratilgan uchinchi yordam paketi bo‘lib, u uchta yo‘nalishda – harbiy yordam, fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi. Bu safar paketning qiymati 151 million kron (22,2 million dollar)ga yetdi.
Qayd etilishicha, Daniya Ukrainaga eng katta ko‘mak berayotgan davlatlardan biri sanaladi. Yangi paketni hisobga olgan holda, mamlakat ushbu maqsadlar uchun 30,95 milliard kron (4,5 milliard dollar) sarfladi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Daniya Ukraina uchun F-16 qiruvchilarini berishga tayyorligini e’lon qilgan edi.
LiveBarchasi