Daniya Falastinni davlat sifatida tan olishdan bosh tortdi
Olam
−
29 may
4087Daniya Falastinni davlat sifatida tan olish to‘g‘risidagi qonun loyihasini rad etdi. Bu haqda parlament saytida ma’lum qilindi.
Ispaniya, Norvegiya va Irlandiya Falastinni rasman tan olgach, Daniya parlamenti qarama-qarshi qaror qabul qildi. Parlament fevral oyida Falastinni davlat sifatida tan olish uchun taqdim etilgan qonun loyihasini zarur shartlar bajarilmagani sababli rad etganini e’lon qildi.
“Daniyalik siyosatchilarning ko‘pchiligi Yaqin Sharqda ikki davlat yechimisiz mustahkam tinchlik bo‘lmasligiga qo‘shiladi. Shaxsan men Falastinni tan olish uning fuqarolarining huquqi ekanligiga ishonaman”, deydi Daniya parlamenti a’zosi Sasha Fakse.
Daniya hukumati Falastinni tan olmasligini aytgan Tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen esa ovoz berishda qatnashmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Falastinning Rossiyadagi elchisi Abdul Hafiz Nofal Belgiya, Lyuksemburg, Portugaliya va Sloveniya tez orada Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishi kutilayotganini aytgandi.
LiveBarchasi