Dani Alvesh “Barselona”ga qaytdi

Sport

image

Braziliyalik himoyachi Dani Alvesh “Barselona”ga qaytdi.

38 yoshli futbolchi ayni kunlarda jamoasiz edi va erkin agent sifatida Kataloniya klubi bilan shartnoma imzolaydi. Barcha narsa kelishilgan va har ikki tomon La ligadan o‘tish uchun ruxsat kutmoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Xavi Alveshni “Barsa”da ko‘rmoqchi edi. Uning fikricha, braziliyalik futbolchi klubga juda katta yordam beradi.

Shuningdek, Alvesh Instagram sahifasida sobiq jamoasiga qaytishi haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Deyarli besh yil davomida men bu sodir bo‘lishi uchun telbadek kurashdim, qaytish bunchalik qiyin bo‘lishini va bunchalik uzoq davom etishini bilmasdim, lekin bu kun kelishini bilar edim. Bu qanchagacha davom etishini bilmayman, lekin umrbod jamoa a’zosi bo‘lib qolaman. Tez orada men uchun eng qadrli makonda ko‘rishguncha. Menda klubimni yana dunyoning eng yaxshi jamoasiga aylantirish uchun qo‘limdan kelganicha harakat Men uyga qaytaman!", - deb yozdi Alves.

Ma’lumot uchun, Braziliyalik futbolchi “ko‘k-anorranglilar” safida 2022 yilning yanvaridan boshlab maydonga tusha oladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Braziliya Dani Alvesh Kamp Nou

Baholaganlar

38

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing