Dani Alves Ispaniyadagi cherkovda voizlik qilmoqda

Sport

image

“Barselona” va Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Dani Alves jinsiy zo‘ravonlik ayblovi bo‘yicha oqlangach, Jironadagi Elim yevangelist cherkovida voizlik qilmoqda. Bu haqda “El Pais” nashri xabar berdi.

2022 yilning yozida “Barselona”ni tark etgan Alves Barselonadagi “Sutton” tungi klubida jinsiy tajovuz qilishda ayblanib, bir yildan ortiq tergov hibsxonasida saqlangan edi. Barselona sudi uni dastlab to‘rt yarim yilga ozodlikdan mahrum etgan, biroq keyinchalik Kataloniya Oliy sudi bu hukmni bekor qilib, oqlov qarorini chiqargan.

Sobiq futbolchi Domeni mahallasidagi Elim cherkovida bo‘lib o‘tgan marosimda so‘zga chiqqan. U marosimda voizlik qilgan hamda o‘zining diniy sadoqati haqida gapirgan.

“Qamoqda bo‘lgan vaqtimda men Xudo bilan ahd tuzdim. Xudoning ishlariga jiddiy yondashish kerak. Men bunga tirik isbotman. Xudo nimani va’da qilsa, albatta bajaradi”, deydi Alves.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya “Barselona” Dani Alves

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing