Dang‘ara tumani sobiq DSI rahbari jinoiy guruh tuzgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligida korrupsiya holatlari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Bosh prokuror soliq tizimidagi ishlarga to‘xtalib o‘tar ekan, o‘tgan ikki yilda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganligi uchun 31 nafar soliq xodimi ham jinoiy javobgarlikka tortilgani haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda Qalampir.uz muxbiri Feruza Najmiddinova xabar bermoqda.

“Masalan, Dang‘ara tumani davlat soliq inspeksiyasi rahbari T. pul mablag‘larini naqdlashtirish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh tuzgan. Uyushgan guruh boshqa fuqarolar nomiga 22 ta soxta firmalarni ochib, ularga norasmiy rahbarlik qilib kelgan.

Ushbu firmalarda 268 mlrd. so‘mlik noqonuniy pul aylanmalari amalga oshirilib, 19 mlrd. so‘m soliq to‘lovidan qochishga erishilgan, shuningdek, jinoiy yo‘l bilan topilgan 200 mln. so‘m legallashtirilgan.

Yo‘ldoshevning ma’lum qilishicha, hozirda Turg‘unboyev va uning 14 nafar jinoiy sheriklari sudda javob bermoqda.


Maqola muallifi

Teglar

soliq korruptsiya prokuratura

Baholaganlar

658

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing