Dana Uayt UFC prezidentligidan bo‘shatildi
Sport
−
14 Sentabr 2023
13460Ultimate Fighting Championship (UFC) promousheniga egalik qiluvchi Endeavor Group Holdings kompaniyasi UFC va WWE tashkilotlarini birlashtirib, rasman yangi ommaviy kompaniya sifatida qayta tashkil qildi. Mazkur korporatsiya TKO Group deb nomlanadi.
TKO Group Nyu-York fond birjasida ro‘yxatga olingan va kompaniya aksiyalarining 51 foizi Endeavor'ga, yana 49 foizi WWE aksiyadorlariga tegishliligi ma’lum qilindi. Hozirda korporatsiyaning umumiy kapitali 21,4 milliard dollarni tashkil qilmoqda.
Ari Emanuel TKO Group bosh direktori, WWE'ning hozirgi rahbari Vins Makmen direktorlar kengashining ijrochi raisi etib tayinlangan. Ahamiyatlisi, bunga qadar UFC prezidenti lavozimida ishlab kelayotgan Dana Uayt endi tashkilotning bosh direktori sifatida ishlaydigan bo‘ldi.
“Men UFC'da avval nima qilgan bo‘lsam, keyin ham shu ish bilan shug‘ullanaman, ya’ni barchasi o‘z nazoratimda bo‘ladi. Bu sport tarixidagi eng katta birlashishga o‘xshaydi. Tushungandirsiz, bu kelishuv sportni butunlay boshqa darajaga olib chiqadi”, deydi Dana Uayt.