Dana Uayt hayotini qaysi UFC jangchisiga ishonishini ma’lum qildi

Sport

image

UFC prezidentligini tashkilot bosh direktori lavozimiga almashtirgan Dana Uayt so‘nggi yuz yilda mashhur bo‘lgan qaysi jangchiga hayotini ishonishi haqidagi savolga javob berdi.

“Agar so‘nggi yuz yil ichidagi hayoting uchun jang qiladigan bittasini tanlash kerak bo‘lsa, u kim bo‘lardi?" degan savolga “Jon Jons”, deb javob bergan Uayt.

2020-yil avgust oyida yengil vazn toifasida UFC chempionligini rasman tark etgan 36 yoshli Jon Jons uch yillik tanaffusdan so‘ng shu yilning mart oyida jang o‘tkazdi va birinchi raundda Siril Ganni bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lub etdi.

11 noyabr kuni Nyu-Yorkdagi UFC 295 musobaqasida amerikalik jangchi o‘z vatandoshi Stipe Miochichga qarshi chempionlik kamarini himoya qiladi. Shu jangdan keyin Jons professional faoliyatini yakunlashi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Dana Uayt Jon Jons

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing