Damashqdagi cherkovda dahshatli terakt sodir etildi (video)

Olam

image

Kecha, 22 iyun kuni Suriya poytaxti Damashqning Duvayla tumanidagi pravoslav cherkovida xudkush terrorist o‘zini portlatib yubordi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

“Sky News Arabia”ning Damashqdagi muxbiri dastlab voqea oqibatida bir necha odam halok bo‘lgani va yaralanganini xabar qildi. “Reuters”ning guvohlarga tayanib yozishicha, xudkush terrorchi cherkov ichida o‘zini portlatgan.   Davlatga qarashli Syria TV telekanali mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, voqea oqibatida 20 kishi halok bo‘lgani, yana 52 kishi yaralanganini tasdiqladi.

Suriya Ichki ishlar vazirligi keyinchalik aniqlik kiritib, teraktni amalga oshirgan shaxs cherkovga kirib, avval o‘t ochgani, so‘ng o‘zini portlatganini ma’lum qildi. U portlovchi moddalar solingan kamar taqqan bo‘lgan. SANA’ning qayd etishicha, u ISHID terroristik guruhi bilan aloqador bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonning ziddiyatli Kashmir mintaqasida sayyohlarga nisbatan terrorchilik hujumi uyushtirilgan edi. Oqibatda 20 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Keyinroq esa bu Hindiston va Pokiston o‘rtasida keskinlikning oshishiga olib kelgan, hatto ikki mamlakat o‘rtasida qisqa muddatli zarbalar almashinuvi sodir bo‘lgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Suriya terakt Damashq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing