Damas va Moskvich to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda 10 kunda 54 kishi YTH qurboni bo‘ldi north_east

O‘zbekistonda 10 kunda 54 kishi YTH qurboni bo‘ldi

Joriy yilning 8 fevral kuni soat 00:20 larda Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Natijada bir kishi halok bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi Urganch tumanida yashagan, 1957 yilda tug‘ilgan, A.Ya. Damas rusumli transport vositasini boshkarib kelayotib, boshqaruvni yo‘qotib qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ro‘parasidan kelayotgan Xiva tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan, Sh.M. boshqaruvidagi Moskvich-412 rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada Damas avtomobili haydovchisi A.Ya. tan jaroxati olib vokea joyida vafot etgan.

Moskvich-412 rusumli transport vositasi yo‘lvchisi Xiva tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan F.N. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. 

“Hurmatli harakat ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanayotganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilib, belgilangan tezlik talablari, yo‘l belgilari va svetofor ishoralariga rioya qilishlaringizni so‘rab qolamiz. Shundagina ko‘zlagan manzilingizga, oilangiz bag‘riga eson-omon yetib olasiz”, deb ogohlantirgan YHXBB..


Maqola muallifi

Teglar

YTH Xorazm

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing